Jahon | 16:31 / 27.06.2019
16410
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada dunyodagi birinchi suzuvchi AESdan foydalanishga ruxsat berildi

Foto: Rosenergoatom

Rostexnadzor dunyodagi birinchi suzuvchi energetika blokidan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda «Rosenergoatom» («Rosatom» tarkibiga kiradi) xabar berdi.

«Rosenergoatom» bosh direktori Andrey Petrovning ma'lum qilishicha. Suzuvchi energoblokdan 2019 yil oxirida foydalanish boshlanadi.

Xabarda aytilishicha, «Akademik Lomonosov» suzuvchi energobloki suzuvchi atom issiqlik elektrostansiyasi tarkibida Uzoq Shimol va Uzoq Sharqda joylashgan korxonalar, shaharlar va neft platformalarini energiya bilan ta'minlash maqsadida yaratilgan. Qayd etilishicha, mazkur loyiha ustida «Rosatom»ning yuzlab korxonalari ish olib borgan.

«Akademik Lomonosov» qurilishi 2007 yilda boshlangan. Suzuvchi AES kelgusida Chukotkadagi bir nechta issiqlik elektrostansiyalari o‘rnini egallaydi. Uning loyihaviy quvvati 70 MVtga teng.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid