Jahon | 15:13 / 03.07.2019
12372
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonda harbiy xakerlarni tayyorlash boshlanadi

Foto: Sergey Konkov/TASS

Turkmaniston Mudofaa vazirligining Saparmurod Turkmanboshi nomidagi Harbiy institutida yangi o‘quv yilidan boshlab «kiberfront jangchilari»ni tayyorlash boshlanadi. Bu haqda «Xronika Turkmenistana» nashri Milli goşun harbiy jurnaliga tayangan holda yozmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, institutda axborot xavfsizligi, avtomatlashtirilgan boshqaruv va dasturiy ta'minot kabi mutaxassisliklar bo‘yicha harbiy xizmatchilarni tayyorlash uchun kafedra ochildi.

Kafedrani kelajakda tamomlaydigan zobitlar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirish doirasida axborot xavfsizligi tahdidlariga qarshi kurash olib boradilar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid