Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi Gulnora Karimova saqlanayotgan koloniyada o‘rganish o‘tkazmoqda
Adliya vazirligi Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi umumiy tartibli 21-son ayollar koloniyasida o‘rganish o‘tkazmoqda. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
“So‘nggi paytlarda turli Internet axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlar orqali bugungi kunda sudning hukmiga asosan tegishli jazoni o‘tayotgan mahkuma G.I.Karimovaning jazoni o‘tash muassasasidagi shart-sharoitlar xususida bildirilayotgan turli xabarlar yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan mahkuma saqlanayotgan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi umumiy tartibli 21-son ayollar koloniyasida o‘rganish o‘tkazilmoqda”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, Adliya vazirligi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini mazkur masala yuzasidan turli xil asossiz xabarlar tarqatmaslikka chaqirgan.
“Adliya vazirligi o‘rganishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim qiladi”, - deyiladi ma'lumotda.
Bundan oldin, Imon Karimova Shveytsariyaga Gulnora Karimova pullarini O‘zbekistonga qaytarishga nima to‘sqinlik qilayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026