Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston harbiy mashqlar o‘tkazadi
O‘zbekiston - Tojikiston harbiy mashqlari avgust oyi o‘rtalarida ikki mamlakat hududida bo‘lib o‘tadi: Tojikiston shimoli va O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida.
O‘zbekiston va Tojikiston Qurolli kuchlarining navbatdagi qo‘shma mashqlari ikki bosqichda o‘tkaziladi.
«Birinchi bosqichda ikki davlat askarlari va zobitlari tog‘li hududlarda o‘zaro harakat qilish masalalarini ishlab chiqadilar, ikkinchi bosqichda esa bunday hamkorlik tekislikda amalga oshiriladi», - deya xabar berdi «AP» Tojikiston Mudofaa vazirligiga tayangan holda.
Mashqlarga zirhli texnika, aviatsiya, artilleriya vositalari jalb etiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 18-22 sentabr kunlari O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Tojikiston tog‘li hududlarida shartli terrorchilik guruhlarini yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma mashqlarda ishtirok etishgan.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
09:30 / 23.09.2025
Venesuelada fuqarolar uchun harbiy ko‘nikmalar kurslari o‘tkazildi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025