Venesuelada tinç aholi uçun keng kölamli harbiy könikmalar kurslari bölib ötdi. Ular mamlakat yetakçisi Nikolas Maduro buyruği bilan AQŞ kuçlari xalqaro suvlarda, Pentagon ma’lumotlariga köra, Venesueladan AQŞga giyohvand moddalar olib ketayotgan kemaga yana hujum qilganidan keyin taşkil etilgan.

Nikolas Maduro «millionlab» tinç aholini «Amerika imperiyasi» tomonidan hujum uyuştirilgan taqdirda «qöliga qurol olişga» va öz vatanini himoya qilişga çaqirdi, deb yozadi AFP. Naşrning yozişiça, Karakasning Petare tumanida askarlar 30 nafar fuqarodan iborat guruhlarga qurol bilan qanday işlaş kerakligini körsatgani tufayli markaziy köça yopildi. Öquv maşğulotlaridan birinçi tibbiy yordam körsatiş va «mafkuraviy fikrlaş» kurslari ham örin olgan.

Harbiy könikmalarga örgatiş kurslari Venesuelaning boşqa qismlarida, xususan, ğarbiy San-Kristobal va Barinas şaharlarida ham ötkazildi.