Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Andijon viloyati hokimiga tanbeh berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida birinchi yarim yillikda davlat budjetiga tushumlar natijadorligini tahlil qilish va yangi vazifalarni belgilash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Kun.uz manbasi xabar qilishicha, yig‘ilish yakunida prezident Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovni tanqid qildi.
Prezident internetda viloyat hokimi bilan bog‘liq xabarlarni kuzatganini, Andijon viloyatida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlardan ko‘ngli to‘lmayotganini aytib o‘tgan.
«Seni hurmat qilaman. Lekin internetdagi gaplar dilimni og‘ritdi. Og‘ir-bosiq bo‘l. Sadoqat boshqa, amal boshqa», degan prezident.
O‘z navbatida hokim yo‘l qo‘ygan xatolarini tushunib yetganini aytib, bu holat uchun uzr so‘ragan va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga va'da bergan.
Qayd etish kerakki, Andijon viloyati va viloyat hokimi so‘nggi vaqtlarda OAV e'tiborida bo‘lib turibdi.
Avvaliga may oyida prezidentning Andijon viloyatiga tashrifi vaqtida ko‘zbo‘yamachilik qilingani haqida xabarlar shov-shuv bo‘lgandi. Unga ko‘ra, 6 nafar ayolga prezident sovg‘asi sifatida kottejlar berilishi va'da qilingani, lekin prezident Toshkentga qaytgach, ulardan uylar qaytarib olingani ma'lum bo‘lgandi.
Shuningdek, iyun oyida Shuhratbek Abdurahmonov viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda boshqa mansabdorlarni (shu jumladan, sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovni) qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilgani haqidagi audio tarqaldi.
Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
22:08 / 13.12.2025
Andijon va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:25 / 11.12.2025