Jahon | 22:01 / 07.07.2019
6047
1 daqiqa o‘qiladi

Boeing 30 ta 737 Max samolyotiga buyurtmadan mahrum bo‘ldi

Foto: Matt McKnight/Reuters

Boeing kompaniyasi muammoli 737 Max samolyotlarini yetkazib berishga yirik bitimdan mahrum bo‘ldi. Bu haqda VVS telekanali xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, Saudiya Arabistonining Saudia aviakompaniyasi egalik qiluvchi Flyadeal loukosteri bu modeldagi samolyotlarni sotib olishni rad etgan.

Loukoster umumiy qiymati 5,9 mlrd dollarlik 50 ta 737 Max’dan sotib olishi kerak edi. AQSh aviakompaniyasi samolyotlarini chegirma bilan taqdim qilmoqchi bo‘lganiga qaramay, Flyadeal Airbus A320 modelidagi samolyotlarni xarid qilishga qaror qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid