Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyaning eng yirik banki 18 mingga yaqin xodimini qisqartiradi
Germaniyaning eng yirik banki Deutsche Bank 2022 yilgacha 18 mingga yaqin xodimini qisqartiradi. Bu haqda bank saytidagi bayonotda ma'lum qilingan.
Avvalroq Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib nemis banki butun dunyo bo‘ylab 20 minggacha xodimini qisqartirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma'lum qilgandi. Ya'ni bankning har oltinchi xodimi qisqartirishga tushishi mumkin. Keyinroq Financial Times nashri bank inqirozli vaziyat sababli qayta tashkillashtirishni o‘tkazmoqchiligini, bu esa 5 mlrd yevro yo‘qotilishiga va 20 ming ish o‘rnining qisqarishiga olib kelishi mumkinligini ma'lum qilgan.
Shuningdek, bank xarajatlarni 6 mlrd dollarga, ya'ni 17 mlrd dollargacha qisqartirishni rejalashtirayotgani ta'kidlab o‘tilgan. Bank o‘zgarishlar rejasi yordamida xarajatlar va daromadlar nisbatini 70 foizgacha pasaytirishni ko‘zlamoqda.
Deutsche Bank Germaniyaning eng yirik banki bo‘lib, 1870 yilda tashkil etilgan.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026