Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda 13 mahbus nondan zaharlanishdan o‘ldi
Foto: AiF
Tojikistonda 7 iyulda mamlakatning shimolidan Dushanbe va janubdagi koloniyalarga mahbuslarni ko‘chirish vaqtida 13 mahbus zaharlanishdan o‘ldi. Bu haqda Tojikiston adliya vazirligining jinoiy jazolarni ijro etish bosh boshqarmasi ma'lum qildi.
7 iyulda belgilangan rejaga ko‘ra 3 ta maxsus mashinada 128 mahbus – 120 erkak va 8 ayol Tojikistonning shimolidagi 3 ta axloq-tuzatish muassasasidan Dushanbe, Nurek va Yavanda joylashgan 3 ta axloq-tuzatish muassasasiga ko‘chirilgan.
Dushanbega yaqin qolganda mahbuslardan biri yonidagi 3 ta nonni 16 mahbus bilan bo‘lishgan. Yarim soatdan keyin nonni yegan mahbuslar o‘zlarini yomon his qila boshlashgan, Dushanbega kelganda esa ular behush holda bo‘lganlar. 5 daqiqadan keyin voqea joyiga tez yordam mashinalari yetib kelgan. Tibbiy xodimlar 3 mahbusning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishgan, qolgan 13 kishi o‘lgan.
O‘lgan mahbuslar ro‘yxati e'lon qilingan. Ulardan eng kichigi avgustda 20 yoshga to‘lishi kerak bo‘lgan, eng kattasi esa 42 yoshda bo‘lgan.
Qolgan 115 mahbus hech qanday shikoyatlarsiz belgilangan axloq-tuzatish muassasalariga joylashtirilgan.
Tojikiston bosh prokuraturasi ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Shuningdek, maxsus tergov guruhi tuzilgan, sud-tibbiyot ekspertizasi belgilangan. Ishning borishini shaxsan bosh prokuror o‘z nazoratiga olgan.
Mavzuga oid
15:00 / 28.11.2025
Germaniyalik oila Istanbulda insektitsid bilan zaharlanish oqibatida vafot etdi
20:34 / 16.10.2025
Is gazidan zaharlanishga qarshi birinchi samarali vosita ishlab chiqildi
12:32 / 16.10.2025
Oxirgi 4 yilda 177 nafar inson doridan zaharlanib o‘lgan
10:58 / 10.10.2025