17:34 / 09.07.2019
39386

Rossiya Zelenskiyning Putin bilan uchrashish taklifiga javob qaytardi

Foto: Vladimir Pesnya / RIA Novosti

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya prezidenti bilan G‘arb davlatlari rahbarlari ishtirokida uchrashish to‘g‘risidagi taklifiga izoh berdi. 

Uning fikricha, Minskda AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya ishtirokida uchrashuv o‘tkazish taklifi «mavjud bo‘lish huquqiga ega». Ammo BMT Xavfsizlik kengashi ma'qullagan shakllar ham bor.

«Gap jiddiy taklif to‘g‘risida ketganida, u avvalo diplomatik kanallar orqali bildiriladi, Facebook orqali emas. Ammo biz xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini bajarishga yordam beradigan aniq takliflarni ko‘rib chiqishga tayyormiz», — dedi Lavrov.

Lavrov Donbassdagi nizoni hal qilish kaliti qandaydir takliflar emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot ekanligini ta'kidladi.

8 iyul kuni Zelenskiy Facebook orqali  Rossiya prezidentiga Minskda Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun uchrashuv o‘tkazish taklifi bilan murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv AQSh prezidenti Donald Tramp, Germaniya kansleri Angela Merkel, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va Fransiya prezidenti Emmanuelya Makron ishtirokida o‘tishi lozim.

Mavzuga oid
Top