Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Musulmonlar velosipedlarda Hajga yo‘l olishdi
Foto: Daily Sabah
Britaniyalik musulmonlar guruhi Haj amalini ado qilish uchun London shahridan Saudiya Arabistoniga qarab velosipedlarda yo‘lga chiqishdi. Bu haqda «Islam i semya» xabar bermoqda.
Safar davomida 8 nafar erkak 6,5 ming kilometr masofani bosib, 17 mamlakat hududidan o‘tishlariga to‘g‘ri keladi. Ular o‘z guruhini Tour de Haj deb nomlashgan. Velosipedchilar 7 iyun kuni Londondan safarga chiqishgan va 60 kun ichida Madinaga yetib borishni rejalashtirmoqdalar.
15 iyul kuni ular Turkiyaning Istanbul shahriga yetib kelishdi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ularni Do‘lmabaxchedagi qarorgohida qabul qildi, so‘ngra ular bilan suratga tushdi.
Britaniyalik musulmonlar Istanbul, Bursa va Ko‘nyo shahridagi tarixiy, diniy qadamjolarni ziyorat qilishadi. So‘ngra samolyotda Misrga yo‘l olishadi, chunki Iroq va Suriya orqali o‘tish imkoniyati yo‘q. Misrga borgach, sayohatni yana velosipedda davom ettirib, Saudiya Arabistoniga yetib olishadi.
Mavzuga oid
18:59 / 30.01.2026
Umra ziyoratiga borish necha pulga tushadi va narx nimaga bog‘liq?
12:05 / 27.01.2026
Haj va Umraga borish uchun yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy bo‘ldi
18:36 / 12.01.2026
Tojikistonda 2026 yilgi Haj ziyorati narxi arzonladi
09:46 / 25.12.2025