O‘zbekiston | 08:24 / 16.07.2019
3001
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston - Afg‘oniston qo‘shma komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi 

Foto: KUN.UZ

2019 yilning 17 iyul kuni Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Afg‘oniston qo‘shma komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TIV xabar qilmoqda.

Afg‘oniston delegatsiyasiga Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidentining katta maslahatchisi, moliya vaziri Muhammad Humoyun Qayumiy rahbarlik qiladi.

Qo‘shma komissiya majlisi, davlat va xususiy tuzilmalar o‘rtasidagi Muloqotning ikkinchi yig‘ilishi, qo‘shma biznes forumi va ixtisoslashtirilgan O‘zbek-afg‘on ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Afg‘onistonning hukumat tuzilmalari, yetakchi davlat va xususiy kompaniyalar rahbarlari va vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga kelmoqda.

Bundan oldin, Afg‘onistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlangandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid