Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida ro‘y bergan YTH natijasida ikkita avtoulov yonib ketdi
Illyustrativ foto
2019 yil 16 iyul kuni soat 22:00 lar atrofida Toshkent viloyati Ohangaron tumanida dahshatli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, buning oqibatida bir kishi hayotdan ko‘z yumgan.
“Olmaliq-Toshkent” avtomobil yo‘lining 9-kilometridagi “Shodmalik” MFY hududida, 1956 yilda tug‘ilgan haydovchi Yo.A boshqaruvida bo‘lgan “MAN” rusumli yuk mashinasi 1987 yilda tug‘ilgan I.D. boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtoulov bilan to‘qnashuv sodir etgan. Yuk mashinasi Toshkent shahri tomondan Olmaliq shahri tomonga qatnov qismining ikkinchi bo‘lagida harakatlangan bo‘lgan va ayni yo‘nalishning birinchi qatnov bo‘lagida harakatlanayotgan yengil mashinaga urilgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida kelib chiqqan yong‘in oqibatida ikkala avtomashina yonib ketgan va “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Uning yo‘lovchisi olgan tan jaroxati tufayli shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:45 / 16.03.2026
Xizmat burchini bajarayotib vafot etgan bekobodlik xodimga ham uy beriladimi?
18:53 / 11.03.2026
Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirildi: gumonlanuvchilar qo‘shni maktab o‘quvchilari
11:22 / 07.03.2026
Angrenda daydi itlar hujumi oqibatida 8 yoshli bola halok bo‘ldi
15:46 / 06.03.2026