Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Traktor oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishni va'da qilgan firibgar ushlandi - IIV
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida 2019 yil 18 iyun kuni Rossiya Federatsiyasi fuqarosi, OOO “Agro invest” direktori 63 yoshli A.S. IIBga murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
U 2016 yil sentabr oyida Surxondaryo viloyatiga sayyoh sifatida kelganligi va shu vaqtda Bo‘ston mahallasida yashovchi, “Surxonavto group ” MChJ rahbari, 65 yoshli O.K. bilan tanishib qolganligini, O.K. unga birgalikda traktor oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib, undan tushadigan daromadni teng bo‘lishishni aytganligini, shundan so‘ng u 2016-2018 yillar oralig‘ida “Western Union” orqali jami 23700 AQSh dollarini O.K.ga yuborganligini, O.K. bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan O.K.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026