Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda fuqarolikni olish testi murakkablashtiriladigan bo‘ldi
AQShda migrantlar uchun fuqarolikni olish testlari o‘zgartiriladi. Endi migrantlarning AQSh tarixi, hukumati faoliyati va qadriyatlari haqidagi bilimlari yaxshiroq tekshiriladi.
AQSh fuqarolik va immigratsiya xizmatida ma'lum qilinishicha, joriy test fuqarolikni olishga da'vogarning bo‘lg‘usi fuqaro sifatida o‘z huquqlari va burchlari bo‘yicha bilimini aniq baholashni kafolatlaydigan qilib o‘zgartiriladi.
Testni o‘zgartirish bo‘yicha ishlar 2018 yilda boshlangan, joriy kuzda uning so‘zlashuv qismiga o‘zgartirishlar kiritilgan dastlabki versiyasi sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Test 2020 yil oxiri yoki 2021 yil boshiga joriy qilinmoqchi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp AQShda yashovchi barchaning fuqaroligini bilmoqchiligini ma'lum qilgandi. U bu maqsadda barcha federal boshqarmalarga savdo vazirligi so‘roviga ko‘ra AQSh hududidagi u yoki bu fuqarolikka ega odamlar haqida ma'lumotni taqdim qilish majburiyatini yuklamoqchi.
Mavzuga oid
10:10
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026