Sport | 20:00 / 21.07.2019
12260
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro chempionlar kubogi. «Yuventus» «Tottenhem»ga yutqazdi

Xalqaro chempionlar kubogi o‘yinlari davom etmoqda. Singapurdagi «Milliy» stadionida «Yuventus» va «Tottenhem» jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Har ikki jamoaning asosiy futbolchilari harakat qilgan o‘yin «Tottenhem»ning 3:2 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 30-daqiqasida Lamela hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning birinchi qismida turinliklar safida Gonsalo Iguain va Krishtianu Ronaldu bittadan gol urishdi. 65-daqiqada Lukas Moura hisobni tenglashtirdi. Harri Keyn esa 90+3-daqiqada maydon markazidan gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

O‘yinda Matias De Ligt «Yuventus» safida debyut qildi.

International Champions Cup
Yuventus – Tottenhem 2:3

Gollar: Iguain (56), Ronaldu (60) – Lamela (30), Lukas Moura (65), Keyn (90+3).
Yuventus: Buffon (Shchensni, 46), Rugani (Demiral, 46), De Shilo, Bonuchchi (de Ligt, 63), Joau Kanselu, Matyuidi (Kastanos, 76), Jan (Rabo, 46), Pyanich (Muratore, 76), Bernardeski, Mandjukich (Iguain, 46), Ronaldu (Mateus Pereyra, 63).
Tottenhem: Gassaniga, Tanganga (Vertongen, 46), Uoker-Piters (Marsh, 71), Alderveyreld (Foyt, 46), Skipp (Bouden, 90), Georgiu (Uayt, 71), Alli (Sissoko, 46), Lamela (Ndombele, 63), Uinks (Roulz, 63), Perrott (Keyn, 46), Son Xin Min (Lukas Moura, 46).
Ogohlantirish: Perrott (44).

Mavzuga oid