O‘zbekiston | 14:34 / 22.07.2019
65750
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar «inomarka»larga xarajatlarni kamaytirishda davom etmoqda

Foto: REUTERS

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 178,3 mln dollarlik yengil avtomobillar import qildi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.

Shu bilan birga, o‘tgan yilga nisbatan sur'atlar pasayib ketdi. Misol uchun, joriy yil boshida «inomarka»larni import qilish hajmi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan qariyb 4 barobar, bahor boshida esa 2,2 barobar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 67 foizga kamaygan. Shu tariqa, iyun oyida xorijiy avtomobillar importi 24 million dollarni tashkil etdi.

Chet el avtomobillari importining umumiy o‘sishi aynan yanvar oyida qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish yengillashtirilgani bilan bog‘liq - agar avtomobil 40 ming dollar yoki undan qimmatroq tursa va ishlab chiqarilgan sanasidan ikki yil o‘tmagan bo‘lsa, unda unga nol stavkali boj qo‘llaniladi.

Bundan oldin, yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 19,6 mlrd dollarni tashkil etgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid