2019 yil yanvar-iyun oyi yakunlariga köra Özbekiston taşqi savdo aylanmasi 19 683,2 mln. AQŞ dollarini taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 29,8 %ga ösdi. 

Davlat statistika qömitasi xabariga köra, eksport hajmi 8 437,6 mln. AQŞ dollarga (ösiş sur'ati 27,0 %) va import hajmi 14 245,6 mln. AQŞ dollariga (ösiş sur'ati 32,0 %) yetdi. Taşqi savdo saldosi minus 2 808,0 mln. AQŞ dollarini taşkil qildi.

2019 yilning yanvar-iyun oyida eksport qilingan tovar va xizmatlar, ötgan yilning mos davriga nisbatan 1 793,5 mln. AQŞ dollarga köproq eksport qilindi, tovar va xizmatlar importi hajmi esa ötgan yilning mos davriga nisbatan 2 726,5 mln. AQŞ dollariga köproqdir. 

2019 yil yanvar-iyun oyida eksport hajmi 8 437,6 mln. AQŞ dollarga (ösiş sur'ati 27,0 %) teng böldi. Eksport tarkibida tovarlar 81,5 % uluşga ega bölib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (16,8 %), oziq-ovqat mahsulotlari (9,4 %), töqimaçilik va töqimaçilik buyumlari (9,1 %), rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar (5,8 %) hamda qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (1,7 %) hissasiga toğri kelmoqda. Oltin hajmini hisobga olmagan holda, jami tovar va xizmatlar eksporti 6 343,0 mln. AQŞ dollarini taşkil etib, 24,7 %ga ösdi. 

Joriy yilning yanvar-iyun oyida import hajmi 11 245,6 mln. AQŞ dollariga (ösiş sur'ati 32,0 %) teng böldi. Import tarkibida eng katta uluş maşina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (43,6 %), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,3 %) hamda oziq-ovqat mahsulotlari (8,2 %) hisobiga töğri keldi.