O‘zbekiston | 10:27 / 23.07.2019
1845
4 daqiqa o‘qiladi

Kemachilikda xavfsizlikni ta'minlashga oid chora-tadbirlar qabul qilinadi

Foto: Depositphotos

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi kemachiligi sohasida xavfsizlikni ta'minlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar:
       
O‘zbekiston Respublikasi ichki kema yo‘llarida suzish qoidalari;

Daryo transportini texnik ishlatish qoidalari;

Daryo transportida yuk tashish qoidalari tasdiqlanishi mumkin.

Ichki kema yo‘llarida suzish qoidalariga ko‘ra, ular O‘zbekiston Respublikasining ichki kema yo‘llari hamda tabiiy va sun'iy barpo etilgan suv havzalarida suzish davrida suzish vositalarini ishlatish va foydalanish, kemalar yuradigan suv yo‘llari va suv inshootlarini saqlash bilan bog‘liq kemachilik bilan shug‘ullanayotgan kemalarning ekipajlari, yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlarga tatbiq etiladi.

Ichki kema yo‘lida harakatlanuvchilar boshqa harakatlanuvchilarning harakatlanishiga xavf tug‘dirmasliklari kerak. Tegishli vakolatga ega bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga navigatsiya belgilarini va harakatlanishni tashkil etishning boshqa texnik vositalarini o‘zboshimchalik bilan olib tashlash, o‘rnatish, to‘sib qo‘yish va shikastlantirish taqiqlanadi.

Qoidalarning bajarilmaganligi yoki kemani odatdagi boshqarish amaliyoti yoki mazkur holatning alohida vaziyatlariga rioya etish talablariga befarqlik, biror-bir ehtiyotsizlik tufayli yuz beradigan oqibatlar uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.

Kemalarning va tarkiblarning gabaritlari yo‘l gabaritlariga mos bo‘lishi kerak. Bu talablarni bajarmaganlik uchun quyidagilar javobgar hisoblanadilar:

dispetcher – gabariti mos bo‘lmagan kema va tarkibni jo‘natish uchun bergan buyrug‘i uchun;

reyd kapitani – tarkibga kemalarni noto‘g‘ri joylashtirgani va gabariti mos bo‘lmagan tarkibni shakllantirgani uchun;

kema kapitani – gabariti mos bo‘lmagan tarkibni shatakka qabul qilgani va qatnovga chiqqani uchun.

Kemalarning jihozlari, ta'minoti, texnik holati va ekipaj bilan butlanganligi Registr Qoidalari va ushbu Qoidalar talablariga javob berishi shart.

Ichki kema yo‘llarida suzishga, o‘rnatilgan tartibda kema reyestriga kiritilgan kemalarga ruxsat etiladi.

Ichki kema yo‘llarida faqat O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ostida suzishga yo‘l qo‘yiladi. Kemalar quyosh chiqqandan u botgunga qadar O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘ini olib yurishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qaroriga asosan ichki kema yo‘llarida xorij davlati bayrog‘i ostida suzishga maxsus kemalarga, shuningdek tranzit o‘tadigan kemalarga ruxsat etilishi mumkin.

Ichki kema yo‘llarida foydalanishda bo‘lgan, harbiy kemalar va sport kemalaridan tashqari, bosh dvigatelining quvvati 75 ot kuchidan kam bo‘lmagan o‘ziyurar kemalar va sig‘imi 80 registr tonnadan kam bo‘lmagan o‘ziyurmas kemalar Transport vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vazirligi, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlari hududiy boshqarmalarining daryo transporti bo‘limi kemachilik inspeksiyalari tomonidan kema reyestriga kiritilishi shart.

Biror-bir kemaga tegishli bo‘lgan qayiqlar va boshqa suzuvchi vositalar ro‘yxatga olinmaydi.

Kemalarni ro‘yxatga olish kema va uning egasi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni kema reyestri va kema kitobiga qayd etish tizimi bilan amalga oshiriladi.

Inspeksiya vakolatiga quyidagilar kiradi:

kemalarni ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilish;

kemalarni ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarning qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshirish;

ilgari ro‘yxatga olingan va berilgan Kema guvohnomasi mavjudligini aniqlash;

kemalarni ro‘yxatga olish;

kema guvohnomasini berish;

kema reyestrini yuritish.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid