Jahon | 00:52 / 23.07.2019
16974
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh Afg‘onistondagi urushni bir haftadayoq yutishi mumkinligini aytdi 

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Afg‘onistondagi urushni eng qisqa muddatlarda yutishi mumkinligini aytdi. 

Tramp 22 iyulda Oq uyda Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashib, unga “Men bu urushni bir haftadayoq yuta olaman”, deb aytgan.  

AQSh rahbarining ta'kidlashicha, “Afg‘oniston 10 kun ichida yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketardi”.

Shu bilan birga Tramp bu yo‘ldan ketishni istamasligini aytgan. “Men 10 mln odamni o‘ldirishni istamayman”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.

AQSh prezidenti Xon bilan muzokaralarda AQSh Kashmir masalasini tartibga solishda Pokiston va Hindiston o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Avvalroq Trampga bu iltimos bilan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi murojaat qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid