Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 250 mingdan ortiq amaldor korrupsiya uchun jazolandi
Foto: AFP 2019 / Ed Jones
Xitoy hukumati 2019 yilning birinchi yarmida korrupsiya va intizomiy huquqbuzarlik uchun 254 ming amaldorni, shu jumladan 20 nafar yuqori lavozimli davlat xizmatchisini javobgarlikka tortdi. Bu haqda XKP MQ va Davlat nazorati qo‘mitasining intizomni tekshirish bo‘yicha Markaziy komissiyasi hisobotida aytiladi.
2019 yilda Xitoy korrupsiyaga qarshi faol kurashni davom ettirmoqda, uni hozirgi rahbariyat rivojlanishning asosiy maqsadlariga erishishda asosiy to‘siqlardan biri deb hisoblaydi.
«2019 yil birinchi yarmida mamlakatning tegishli nazorat tartib-intizom organlariga 1,6 million shikoyat va arizalar kelib tushdi, 168 mingdan ortiq suhbatlar hamda yozma so‘rovlar jo‘natildi, 351 mingdan ortiq ish qo‘zg‘atildi, 254 ming kishiga nisbatan chora ko‘rishga buyruq berildi, ulardan 215 ming nafari partiya tomonidan jazolandi», - deyiladi hujjatda.
Shuningdek, vazirlik va viloyat rahbarlari darajasidagi 20 nafar amaldor, davlat korxonalari hamda davlat muassasalaridagi 2 ming nafar boshqaruvchi, pastki pog‘onadagi davlat muassasalari va korxonalaridagi 11 mingga yaqin turli xil bo‘lim rahbarlari javobgarlikka tortildi.
Mavzuga oid
19:11 / 28.12.2025
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
19:33 / 27.12.2025
Xitoyda dunyodagi eng uzun tunnel ochildi
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
13:26 / 27.12.2025