Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston internetni rivojlantirish uchun Xitoydan 40 mln dollar qarz oladi
Ma'lumotlar uzatishning zamonaviy texnologiyalarini faol joriy etish, keng polosali ulanishning optik tarmoqlarini rivojlantirish va mobil aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Xitoy davlat taraqqiyot bankidan 5 yil muddatga 40 million dollar miqdorida qarz oladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, ushbu mablag‘lar investitsiya loyihalari doirasida «O‘zbektelekom» AK tomonidan tuziladigan, texnologik uskunalar, dasturiy ta'minot hamda xizmatlar ko‘rsatishni yetkazib berish uchun import shartnomalari qiymatining 100 foizini to‘lashga sarflanadi.
Xitoy davlat taraqqiyot banki kreditini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, foizlar, komissiyalar va ular bo‘yicha boshqa xarajatlar «O‘zbektelekom» AKning shaxsiy mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Hujjatda «5G texnologiyasini joriy etish istiqboli bilan telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish», «Ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini kengaytirish» hamda «Internetga keng polosali ulanish bo‘yicha simsiz texnologiyalarni joriy etish» kabi loyihalar ham nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
21:17 / 07.06.2026
Xitoy dunyodagi eng yirik astronomiya markazini qurishni rejalashtirmoqda
08:04 / 06.06.2026
Sun’iy yo‘ldoshlar Xitoyning noodatiy suvosti kemasini aniqladi
08:35 / 05.06.2026
O‘zbekistonda Xitoyning yangi internet provayder zonalari paydo bo‘ladi
08:22 / 05.06.2026