O‘zbekiston | 12:55 / 26.07.2019
14858
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov Xitoyga tashrif buyurishi kutilyapti

Foto: gov.kg

2019 yilning 26 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Tszyan Yanni qabul qildi.

Tashqi ishlar vazirligi saytida e'lon qilingan xabarda aytilishicha, bo‘lib o‘tgan suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilingan. 

Xususan, ikki davlat hukumat rahbarlari darajasida rejalashtirilgan tashriflar bilan almashishning amaliy jihatlari hamda delegatsiyalarning O‘zbekiston va Xitoyga o‘zaro safarlari jadvali ko‘rib chiqildi, deyiladi ma'lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid