Tramp "Makronning ahmoqligi"ga javoban boj to‘lovlarini oshirish bilan tahdid qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Parij tomonidan "Google’ga soliq" deb ataluvchi choraga javoban fransuz vinosiga boj to‘lovlari oshirilishiga sha'ma qildi.
"Fransiya hozirgina bizning chiroyli Amerika texnologiya kompaniyalariga nisbatan raqamli soliq kiritdi. Ularga kimdir soliq solishi kerak bo‘lsa, bu ularning ona vatani AQShdir. Biz tez orada Makronning ahmoqligiga javob choralarini e'lon qilamiz. Men har doim Amerika vinosi Fransiyanikidan yaxshiroq ekanligini aytib kelganman", — deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.
Fransiya senati 11 iyulda ayrim kompaniyalarga fransuz foydalanuvchilariga qaratilgan yoki ma'lum bir raqamli xizmatlar taqdim etishdan olgan umumiy yillik daromadining uch foizi miqdorida soliq joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi.
OAVning ma'lumot berishicha, gap Amazon, Apple, Facebook va Google kabi kompaniyalar haqida bormoqda.
Amerika savdo vakolatxonasining bildirishicha, soliq xizmat ko‘rsatishdan butun dunyo bo‘yicha yillik daromadi 750 mln yevrodan va Fransiyada 25 mln yevrodan kam bo‘lmagan miqdorda daromad topuvchi kompaniyalarga nisbatan joriy etiladi.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024