Jahon | 19:54 / 28.07.2019
32874
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyada Il-76 samolyotlari urib tushirildi. Ularda qurol bo‘lgani aytilmoqda

Afrikaning Liviya mamlakatida ikkita Il-76 yuk-transport samolyoti urib tushirilgan. «Zerkalo nedeli» portalining yozishicha, ular BAAdan qurol-yarog‘ tashigani taxmin qilinmoqda.

Nashrning yozishicha, samolyotlar Ukrainaning xususiy kompaniyalaridan biri tomonidan yollangan bo‘lib, Liviyaning ziddiyatdagi tomonlardan biriga tashuvlarni amalga oshirgan. 

Ta'kidlanishicha, havo kemalarini ukrainalik ekipaj a'zolari boshqargan, natijada ekipaj komandirlaridan biri halok bo‘lgan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid