Jahon | 22:22 / 29.07.2019
4509
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada ish tashlashlar bois mingdan ortiq poyezd reyslari bekor qilinadi

Foto: zdmira.com

Ispaniyaning Renfe temiryo‘l kompaniyasi ish tashlashlar sababli 1152 poyezd reysi bekor qilinishini bildirdi.

Temiryo‘lchilarning ish tashlashlari 31 iyul, 14 va 30 avgust hamda 1 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu kunlarda 12.00dan 16.00gacha va 20.00dan 24.00gacha poyezdlar harakati qisman to‘xtatiladi.

Renfe jami bo‘lib 707 yo‘lovchi poyezd va 445 yuk poyezdi harakatini bekor qilgan.

Mehnatkashlar konfederatsiyasi kasaba uyushmasining bildirishicha, ish tashlashlarga ishchilar yetishmasligi sabab bo‘lgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid