Braziliya qamoqxonasidagi janjalda 52 kishi halok bo‘ldi
Shimoliy Braziliyadagi qamoqxonada sodir bo‘lgan qonli to‘qnashuvda kamida 52 mahbus halok bo‘lgan, ularning 16 nafari vahshiylarcha, boshi tanasidan judo qilingan holda o‘ldirilgan. Hukumat rasmiylari ushbu ma'lumotlarni tasdiqladi, deb yozmoqda Daily Mail.
Qamoqxonadagi guruhlarning o‘zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishi tonggi 7larda Altamira Regional Recovery Center – Altamira hududiy tiklanish markazida boshlangan. Bunda bir binodagi guruh a'zolari ikkinchi binoga kelib, uni egallab olgan va bir qismiga o‘t qo‘ygan.
5 soat davom etgan to‘qnashuvlar tushga yaqin poyoniga yetgan, deya aniqlik kiritgan Para shtati hukumat rasmiysi. U mamlakatning eng zich qamoqxonasida ro‘y bergan so‘nggi zo‘ravonlikdir.
Xabar qilinishicha, halok bo‘lganlar sonining ko‘pligiga, bino eshiklari zichlab yopilgani va alanga domida qolgani sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:08 / 02.11.2024
Braziliyada kattaligi chumoliday keladigan qurbaqa topildi
09:30 / 21.10.2024
Braziliya prezidenti BRICS sammitiga parvozini bekor qildi
14:10 / 09.10.2024
Sud X ijtimoiy tarmog‘iga Braziliyada ishini davom ettirishga ruxsat berdi
13:19 / 07.10.2024