Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi o‘zaro janjal oqibatida halok bo‘ldi
O‘zbekistonning Seul shahridagi elchixonasi Konsullik bo‘limi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 26 iyul kuni Inchon shahrida (Koreya Respublikasi) o‘zaro janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi I.L. og‘ir jarohatlandi va vafot etdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, politsiya gumonlanuvchini qo‘lga oldi va tergov tadbirlarini amalga oshirmoqda.
Elchixona mazkur vaziyatni nazoratga olgan, deyiladi ma'lumotda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026