Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Otabek Murodov DXX sobiq rahbari jinoiy ishi doirasida tergov qilinmoqda
Otabek Murodov va Ixtiyor Abdullayev
Sobiq bosh prokuror Otabek Murodov DXXning sobiq rahbari Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida tergov qilinmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsuddinov ma'lum qildi.
«Uning harakatlari, ayni vaqtda Abdullayevga nisbatan ochilgan jinoiy ish doirasida ko‘rib chiqilmoqda. Qolgan qismi tergov siri bo‘lgani bois, izoh bera olmayman. Bizda rasmiy ma'lumot bo‘lishi bilan xabar qilamiz», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 21 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining 20-majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev, sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish ochilganini ma'lum qilgan edi.
Murodov 2018 yil yanvarida o‘sha vaqtdagi bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev Davlat Xavfsizlik xizmatiga rais sifatida tayinlanganidan so‘ng, uning o‘rniga tayinlangan edi. Bungacha, u davlat rahbarining maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va uning o‘rinbosari Jahongir Egamovga nisbatan jinoiy ish ochilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:49 / 27.11.2025
Afg‘oniston, Pokiston va Suriyada jang qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
08:20 / 26.11.2025
Toshkent viloyatida 8,5 gektar yer uchun 7,3 mln dollar talab qilganlar qo‘lga olindi
20:18 / 21.11.2025
Rossiyadan noqonuniy olib kelinayotgan tibbiy buyum va dori vositalari to‘xtatib qolindi
08:31 / 20.11.2025