Jahon | 15:29 / 30.07.2019
13227
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Hindistonga mingga yaqin harbiy raketa yetkazib beradi

Foto: REUTERS

Rossiya Hindistonga mingga yaqin aviatsiya raketalarini yetkazib beradi, deb ma'lum qildi harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Rossiya federal xizmati.

"Bir oz vaqt avval yetarlicha yirik shartnomalar imzolandi", — deb aniqlik kiritdi xizmat vakili.

Shartnomalar qiymati va boshqa tafsilotlar ma'lum qilinmayapti.

Avvalroq ANI agentligi Dehli va Moskva "havo-havo" sinfidagi R-27 boshqariluvchi raketalari bo‘yicha shartnoma imzolaganini xabar qilgandi. Bu raketalar hindiston HHK ixtiyoridagi Su-30MKI qiruvchi samolyotlarini qurollantirish uchun mo‘ljallangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid