Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada qashshoqlar soni oshdi
Rossiya davlat statistika federal xizmati mamlakatda qashshoqlik darajasi ortganini qayd etdi. Yashash minimumidan kam daromad ko‘ruvchi rossiyaliklar soni 20,9 mln kishiga yetdi. Bu aholining 14,3 foizi demakdir, deb yozmoqda Gazeta.ru.
Ammo, Rossiya prezidentining may oyida imzolagan farmoni bilan 2024 yilga kelib qashshoqlar soni ikki baravarga qisqarishi kerak. Ta'kidlanishicha, qashshoqlar sonining ortishiga yashash minimumi miqdori oshirilgani sabab bo‘lgan. Biroq, ayrim ekspertlar yaqin orada Rossiyada qashshoqlikka barham berish mushkul vazifa ekanini ta'kidlashmoqda.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili aholining 13,9 foizi qashshoqlar sinfiga kirgan. Biroq, yaqinda Mehnat vazirligi buyrug‘i bilan yashash minimumi miqdori oshirilib, jon boshiga 10 ming 753 rubl sifatida belgilangan.
Shu bilan birga, qashshoqlar soniga doir aniq raqamlarni faqatgina yil oxiriga borib aytish mumkin.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026