Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik talabalar Vitebsk veterinariya akademiyasida tahsil oladi
O‘zbekistonlik talabalar Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasida ikkita mutaxassislik bo‘yicha tahsil oladi. Bu haqda akademiya vakili Dmitriy Fedotov ma'lum qildi.
Loyiha iyul oyi boshida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Shartnomaga asosan, Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasida universitetlararo fakultet tashkil etildi. Mazkur fakultetda har yili o‘zbekistonlik 20 talaba tahsil oladi, ular uch yil Samarqandda, ikki yil Vitebskda o‘qishadi.
Bundan tashqari, Samarqand va Vitebskda magistratura yo‘nalishida qo‘shma ta'limni tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
21:55 / 26.04.2026
Hayvonlar kasalliklari bo‘yicha karantin qoidalari tasdiqlandi
18:40 / 07.08.2025
Hayvonlarni majburiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonun bir yildan keyin kuchga kiradi
18:52 / 06.08.2025
It, mushuk, qoramol va boshqa hayvonlarni ro‘yxatga olish talablari belgilandi
12:55 / 12.08.2023