Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni tayyor bo‘lsa, Eron muzokaralar o‘tkazishga shay – Javod Zarif
Saudiya Arabistoni hukumati tayyor bo‘lsa, Eron muzokaralarga o‘tkazishga shay. Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif shunday bayonot bergan. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Saudiya va Eron o‘rtasidagi munosabatlar Yaqin Sharqda ustunlikni qo‘lga kiritishga harakat natijasida keskinlashgan edi. Ar-Riyod Fors ko‘rfazida Saudiyaning 6 neft tashuvchi tankeriga zarar yetgan hujumda Eronni ayblagan, Tehron buni rad etgan edi.
«Agar Saudiya Arabistoni muloqotga tayyor bo‘lsa, biz qo‘shnilarimiz bilan muloqotga har doim tayyormiz, - degan Zarif. – Biz hech qachon qo‘shnilarimiz bilan muloqotga eshiklarimizni yopmaganmiz va hech qachon yopmaymiz».
Zarif, shuningdek, Eron xuddi shunday muzokaralarni BAA bilan ham o‘tkazishi mumkinligini aytgan.Uning qo‘shimcha qilishicha, «agar ular siyosatini o‘zgartirsa, muloqot uchun juda yaxshi imkoniyat bo‘lar edi».
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:55
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026