Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘raqo‘rg‘on IES qachon ishga tushadi? Vodiy IESlari bo‘ylab press-tur
31 iyul – 1 avgust kunlari Energetika vazirligi, «O‘zneftgazinspeksiya» AJ, «O‘ztransgaz» AJ, IES aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi energiya resurslari ishlab chiqaruvchi obektlar bo‘ylab, OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Ishtirokchilar tadbir davomida «Farg‘ona issiqlik energiyasi stansiyasi», «Quvasoy ta'mir qurilish» zavodi, To‘raqo‘rg‘on IES hamda To‘raqo‘rg‘on gaz taqsimlash shoxobchasida bo‘lib ish jarayoni bilan tanishishdi.



Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari O‘zbekistonning aholi eng zich joylashgan hududlaridir. Mintaqada elektr energiyasi tanqisligini bartaraf etish uchun To‘raqo‘rg‘on issiqlik stansiyasi bunyod etilmoqda.
To‘raqo‘rg‘on IES raqamlarda:
- Loyihaning amalga oshirish muddati - 2013-2020 yillar;
- Loyihaning umumiy qiymati - 1 195,87 mln. AQSh dollari.
IESdan kutilayotgan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar:
- Elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati - yiliga 6,7 mlrd. kVt*s;
- Shartli yoqilg‘ini me'yoriy sarfi - 226,21 g/kVt*s;
- Tabiiy gaz sarfi - yiliga 1,3 mlrd m3;
- FIK (foydali ish koeffitsiyenti) – 57,4 foiz.
Stansiyaning birinchi bug‘-qurilmasi shu yilning sentabr, ikkinchisi dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Buning natijasida Farg‘ona vodiysi iste'molchilari uchun 900 MVt qo‘shimcha quvvat yoki yiliga 6,7 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Jurnalistlar «O‘ztransgaz» jamiyati, Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli To‘raqo‘rg‘on IES gaz taqsimlash shoxobchasida ham bo‘lishdi.









Elmurod Ermatov,
Kun.uz muxbiri
Mavzuga oid
09:50 / 06.12.2020
«U ochilsa, vodiyda chiroq o‘chmas ekan». O‘zi ham elektr sotib oladigan «To‘raqo‘rg‘on» IES haqida afsonalar qanchalik haqiqatga yaqin?
18:52 / 20.11.2020
To‘raqo‘rg‘on IESdagi avariya sababi ma'lum qilindi
18:02 / 20.11.2020
To‘raqo‘rg‘on IESda avariyali o‘chish sodir bo‘ldi
18:40 / 13.11.2019