«Şu paytgaça ta'minot jihatdan eng muammoli hudud Farğona vodiysi hisoblanardi. Sababi ma'lum, aholi juda ziç, işlab çiqariş yuqori, hududdagi quvvat kam. Ammo Töraqörğon issiqlik elektrostansiyasi işga tuşirilişi bilan vaziyat özgardi. Bu nimada namoyon böladi – mana bugun ertalab keçagi kun monitoringini kuzatdik. Butun respublika böyiça 2018 yil 12 noyabrga nisbatan ösiş 6,2 foizni taşkil etgan. Farğona vodiysida esa bir kunlik körsatkiç ötgan yilning ayni şu paytiga nisbatan 15 foizga oşgan.
Agar men hamma joyda «umuman uziliş bölmaydi» desam, eng katta yolğonçi bölaman. Qaysidir hududga nisbatan alohida çeklov, tabaqalaştiriş yöq, lekin texnik uzilişlar böliş ehtimoli bor», deya uning sözlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekiston Respublikasi energetika Vazirligi tomonidan «Özbekiston Respublikasida elektr energetika tarmoğini yanada rivojlantiriş va isloh qiliş strategiyasi töğrisida»gi qaror ijrosiga bağişlab ötkazilgan matbuot anjumanida statistik ma'lumotlar keltirildi.
Berilgan ma'lumotlarga köra, 14ta hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va 209ta tuman va şahar elektr ta'minoti korxonalari tomonidan 35-110 kV kuçlanişli 1623ta nimstansiya orqali uzatiladigan elektr energiya keyinçalik 79122ta transformator punktlariga va 252,6 ming km uzunlikdagi elektr uzatiş liniyalari orqali Özbekiston Respublikasining maişiy va yuridik iste'molçilariga yetkazib beriladi.
2019 yil 1 noyabr holatiga köra, Özbekiston Respublikasida elektr energiyadan foydalanuvçilarning umumiy soni:
‑ yuridik iste'molçilar – 303,9 ming kişi,
‑ maişiy iste'molçilar (aholi) – 6,601 mln kişi.
Joriy yilda 7 157,4 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari va 2 590 ta transformator punktlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qiliş işlari amalga oşirilmoqda. «Obod qişloq» Dasturi doirasida 2019 yilda 481ta qişloqda 2339,2 km uzunlikdagi elektr uzatiş tarmoqlari va 844 dona transformator punktlarini mukammal ta'mirlaş işlari rejalaştirilgan bölib, dastur doirasida elektr uzatiş tarmoqlarida 2200,2 km va transformator punktlari böyiça 709ta mukammal ta'mirlaş işlari amalga oşirilmoqda.
«Obod mahalla» dasturi doirasida joriy yilda 115ta mahallada 151,6 km uzunlikdagi elektr uzatiş tarmoqlari va 236 dona transformator punktlarini mukammal ta'mirlaş işlari rejalaştirilgan bölib hozirgaça elektr uzatiş tarmoqlarida 223,6 km va transformator punktlari böyiça 82ta mukammal ta'mirlaş işlari amalga oşirildi.











