Hodisa bugun, 20 noyabr kuni soat 15:45da sodir bölgan. Bu haqda «Namangan HETK» AJ operativ dispetçerlik xizmati boşliği Muhammadali Irisqulov ma'lum qilgan.
Irisqulovning ma'lum qilişiça, Özbekiston energotizimini Qozoğiston Respublikasi orqali Rossiya Federatsiya bilan boğlovçi 500 kVAli 530-sonli tarmoq ham favqulodda öçgan.
Bu Namangan viloyatining elektr energiyasi ta'minotida jiddiy muammolar keltirib çiqarişi mumkin. Çunki birgina Namangan viloyatining 27ta 100 kVAli elektr uzatiş tarmoqlarida uziliş sodir bölgan.
Ayni kunlarda respublika böylab aholi punktlarini elektr energiyasi tizimidan öçiriş holatlari keskin köpaygan. Norasmiy manbalarga köra, Turkmaniston orqali keluvçi ta'minotda hamda Taxiatoş issiqlik elektr stansiyasida ham uziliş bölgani aytilmoqda.









