Energetika vazirligi matbuot xizmati Namangan viloyatidagi Töraqörğon IESda avariyaviy öçiş yuz berişi va viloyatning aksar hududlari elektrsiz qolgani holati yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

«Joriy yilning 20 noyabr kuni soat 15:51da Töraqörğon IESning 2ta energobloki avariyaviy töxtadi. Buning natijasida mazkur stansiya orqali energotizimga yetkazib berilayotgan quvvat 600 MVtga kamaydi.

Buning oqibatida vodiy viloyatlari, Toşkent şahri, Samarqand, Buxoro va Qaşqadaryo viloyatlarida avtomatik ravişda çeklovlar kiritildi. 

Operativ tarzda ötkazilgan örganişlarga köra, avariyaviy töxtaş 2-energoblokning yuqori bosimli barabanidagi ölçov datçiklarining impuls liniyasi muzlab qolişi va buning oqibatida suv sathining kötarilişi natijasida röy bergan. 1-energoblok esa çastotaning pasayişi natijasida töxtagan», deyiladi xabarda.

Uşbu quvvat yetişmovçiligini qoplaş uçun Taxiatoş IESda quvvati 280 MVt bölgan 1-energoblok soat 16:30da işga tuşirilgan. Hozirda 30 MVt quvvatda işlamoqda. Soat 22:00ga qadar 200 MVt quvvatga çiqariladi.

Tolimarjon IESda quvvati 450 MVt bölgan 2-energoblokning gaz turbinasi soat 16:11da işga tuşirilgan. Hozirda 300 MVt töliq quvvatda işlamoqda.

«Hozirda Töraqörğon IESda muzlagan himoya datçiklarini sozlaş işlari bajarilib, 2-energoblok soat 17:50da tizimga ulandi. Ayni paytda 150 MVt quvvat bermoqda. Bugun soat 19:00ga qadar quvvati 250 MVtga çiqariladi. 1-energoblok bugun soat 19:30gaça işga tuşirilib, tizimga 200 MVt quvvat beradi. Natijada bugun soat 21:00ga qadar uşbu energobloklarda 700 MVt quvvatga yetadi.

Şuningdek, elektr ta'minotidagi uziliş sababli Zirabuloq kompressor stansiyasida bugun soat 15:45da 4ta va 15:55da Ğallaorol kompressor stansiyasida 4ta gaz haydaş agregatlarining vaqtinça töxtaşi röy berdi. Soat 16:35ga qadar elektr ta'minoti tiklanib, kompressor stansiyalari ştat rejimda işlaşga ötdi», deyiladi xabarda.