Har yili qiş kelişi bilan elektr uzilişi boşlanadi. Bu odatga aylanib ulgurgan. Şu sabab vodiyda, ayniqsa, Namanganda ança vaqtdan beri «Töraqörğon» issiqlik elektr stansiyasi böyiça xalq orasida har xil miş-mişlar köpayib ketgan va bunga köpçilik hanuzgaça işonadi. Xöş, bu gaplar qançalik haqiqatga yaqin?

Köpçilik yaxşi eslasa kerak, bundan 5-6 yil avval qişda elektr toki kuniga atigi bir neça soat uzatiladigan davrlar bölardi. Öşa vaqtlar talaba edim, kitob öqişda qiynalmaslik uçun çiroq bölgan bir neça soatda fonarlar quvvatini töldirib olardik. Ajoyib kunlarning birida Namanganda «Töraqörğon» IES qurilişi haqida gaplar paydo böldi. Öşanda köpçilikning oğzida bir gap edi: «Yangi IES işga tuşsa, butun vodiyda yil böyi umuman çiroq öçmas ekan».
«Töraqörğon» IES işga tuşsa, çiroq öçmasligiga işona boşlagan vodiyliklar bir neça yil yaxşi umid bilan barça uzilişlarga bardoş berib yaşadi...
Nihoyat 2019 yil «Töraqörğon» IESning birinçi bloki işga tuşirildi. 2020 yilga ötib esa sinovlardan söng ikkinçi blok ham elektr işlab çiqara boşladi. Lekin «afsonaviy» IES işga tuşgan bölsa-da, elektr öçişi töxtamadi. Noyabr oyida respublika hududiga kirib kelgan sovuq iqlim sabab uzilişlar yana köpaydi va uşbu işlab çiqaruvçi böyiça savollar kun tartibiga çiqdi. «Töraqörğon» IESga safar çoğida şunday savollarga javob topişga harakat qildik.
Ma'lum bölişiça, bugungi kunda «Töraqörğon» IES töliq quvvat bilan işlamoqda. Lekin uning işlaşi tarmoqqa odamlar öylagançalik ta'sir ötkazmaydi. IES loyihasiga asosan har bir blok 450 mVt quvvat bilan işlaşi nazarda tutilgan. Bugungi kunda IES örtaça 915-920 mVt quvvat işlab çiqarmoqda. Bu esa vodiy viloyatlari örtaça iste'molining (2000-2500 mVt) 45-50 foizi, respublika iste'molining 9-10 foizi degani.
Uşbu IES boşqa elektr işlab çiqaruvçi korxonalar singari umumiy energotizimga boğlangan bölib, undan alohida işlay olmaydi. Şunday bölsa-da, hozir «Sardor» hamda «Qizirovot» nimstansiyalari orqali 500 mVt atrofidagi quvvat aynan Namanganga uzatilmoqda. Namangan viloyatining bugungi kundagi iste'moli 620-625 mVtni taşkil etmoqda.















