Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
160 dollargacha. Samarqandda sayyohlar kuniga qancha pul sarflayotgani aytildi
Samarqand viloyat turizmni rivojlantirish departamentining ma'lum qilishicha, 2019 yilning 6 oyi davomida Samarqandga dunyoning 156 mamlakatidan 274 ming sayyoh tashrif buyurgan. Bu haqda Zarnews.uz yozmoqda.
Manbada aytilishicha, Samarqandga kelgan har bir sayyoh kuniga o‘rtacha 100 AQSh dollar sarflamoqda. Masalan Yevropa va uzoq Sharq mamlakatidan kelganlar kuniga 150-160 AQSh dollarigacha xarjlashadi. Ammo sayyohlarning Samarqandda o‘rtacha qolish muddati atigi ikki kunni tashkil qiladi.
Departamentning ma'lum qilishicha, 2022 yilgacha Samarqand yiliga kamida 2 million xorijiy sayyohni qabul qilishi, sayyohlarning o‘rtacha tashrif muddati esa kamida 3-4 kunga uzayishiga erishish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026