O‘zbekiston | 11:52 / 03.08.2019
2157
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Xitoy parlamentlararo anjumani tashkil qilinadi 

Foto: Oliy Majlisi Senati axborot xizmati

2019 yil 2 avgust kuni Oliy Majlis Senatida Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Chjan Venchuan boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni, shu jumladan parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash, Xitoy islohotlari va ochiqlik siyosatining 40 yilligiga, shuningdek O‘zbekistonning Harakatlar strategiyasi doirasida yangilangan ichki va tashqi siyosatini ilgari surish tajribasiga bag‘ishlangan parlamentlararo anjumanni tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar amaliy, do‘stona va o‘zaro foydali xususiyatlarga ega. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida o‘rnatilgan ishonchli shaxsiy munosabatlar ularning poydevori hisoblanadi. Bunda ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklikni mustahkamlash, ko‘p qirrali siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy o‘zaro hamkorlikni kengaytirish ulkan ahamiyat kasb etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid