Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texasdagi otishmada o‘n kishi halok bo‘ldi, o‘ttiz kishi jarohatlandi
Texasdagi Walmart savdo markazida sodir bo‘lgan otishmada o‘n kishi halok bo‘ldi, kamida o‘ttiz kishi jarohatlandi. Bu haqda jurnalist Kamilla Rambaldi xabar berdi.
El Paso shahri politsiyasi savdo markazida otishma sodir etganlardan birini qo‘lga oldi. Avvalroq jinoyatchilar bir necha kishi bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.
"Otishma to‘xtadi, ammo xavf saqlanib qolmoqda. Odamlarimiz operatsiya o‘tkaziladigan hududni o‘rab olishgan. Hozirda hech kim savdo markaziga kelmagani ma'qul", - dedi mahalliy politsiya vakili Fox kanaliga bergan intervyusida.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan lavhalarga ko‘ra, qurbon va yaradorlar savdo markazi ichida ham, tashqarisida ham bor.
Mavzuga oid
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
08:47 / 19.05.2026
San-Diyegodagi masjidda otishma: besh kishi halok bo‘ldi
09:26 / 05.05.2026