Jamiyat | 12:29 / 08.08.2019
12447
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda festival munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopiladi

Toshkent shahrida festival o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar transport harakati uchun vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 8-11 avgust kunlari Sayilgoh ko‘chasida Gastro Bazaar festivali o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtdagi quyidagi ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi:

Matbuotchilar ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasi bilan tutashgan chorrahasidan boshlab Nuroniylar ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi;

Buxoro ko‘chasining Hugo boss do‘koni yonidan to Nuroniylar ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi;

Zarafshon ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi kesishmasidan Sayilgoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid