Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erkin ilmiy ijodkorlik tamoyili qonunda mustahkamlanadi
Oliy Majlis Senati Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi ishchi guruhi yig‘ilishida Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 22 iyul kuni qabul qilingan “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabar bermoqda.
Milliy iqtisodiyot samaradorligining asosini tabiiy va mehnat resurslari qatorida mamlakatning ilmiy-texnikaviy salohiyati ham tashkil etadi. Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilayotgani ilmiy faoliyatning ahamiyatini yanada oshirdi.
Oliy ta'lim muassasalarida 26 476 nafar professor va o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda, ularning 9 636 nafari ilmiy darajalarga ega. 2018-2019 yillarda 1 382 nafar tadqiqotchi dissertatsiya himoya qilgan. Biroq sohada mavjud kamchilik va muammolar, avvalo, uning qonunchilik negizini yangilash va mustahkamlashni taqozo etmoqda. “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun bu yo‘nalishda qo‘yiladigan muhim qadam bo‘lishi lozim.
Hujjatda sohadagi faoliyatning:
ilmiy ijod va axborot erkinligi;
samaradorlik, manfaatdorlik va rag‘batlantirish;
xolis ilmiy ekspertiza;
inson hayoti va salomatligiga zarar yetkazmaslik kabi asosiy tamoyillar mustahkamlab qo‘yilmoqda.
Sohaning asosiy yo‘nalishlari qatorida ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirish orqali milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi va samaradorligiga erishish, uning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va resurslarni maqsadli yo‘naltirish, davlat ilmiy dasturlarini ishlab chiqish, asoslantirilgan tashabbus va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash kabi maqsadlar qayd etilmoqda.
Qonunda ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanga intilish va uning jozibadorlik muhitini shakllantirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, yosh iste'dod egalarini tayyorlab borish kabi yo‘nalishlarga ham urg‘u berilmoqda.
Mavzuga oid
09:45 / 30.05.2026
Ilmiy daraja berishda qator talablar bekor qilinadi
17:27 / 29.05.2026
Ayrim doktorantlarning stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi
08:43 / 29.05.2026
Oliy attestatsiya komissiyasi Fanlar akademiyasi tizimiga o‘tkazildi
11:12 / 26.05.2026