O‘zbekiston va Xitoy Afg‘oniston masalasida uchrashuv o‘tkazdi
2019 yilning 14 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Xitoy Xalq Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Tszyan Yan bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida afg‘onlararo tinchlik jarayonini ilgari surish bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishi, Afg‘oniston hududida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish istiqbollari hamda afg‘on kadrlarini tayyorlashga yordam ko‘rsatish borasidagi O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining holati to‘g‘risida fikr almashildi.
Xitoy diplomatik vakolatxonasi rahbari Termiz shahridagi afg‘on fuqarolarini o‘qitish ta'lim markazi negizida Afg‘oniston Islom Respublikasi qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston–Xitoy–Afg‘oniston uch tomonlama hamkorligini yo‘lga qo‘yishdagi Toshkentning sa'y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Mazkur sohadagi hamkorlik doirasini kengaytirishga tomonlarning tayyorligi bildirildi.
Afg‘oniston yo‘nalishidagi O‘zbekiston – Xitoy hamkorligining konstruktiv ahamiyatiga e'tibor qaratilgan holda mazkur mamlakat bo‘yicha ikki davlat maxsus vakillari o‘rtasida fikr almashishni muntazam davom ettirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024