2019 yilning 14 avgust kuni Özbekiston Respublikasi prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev Xitoy Xalq Respublikasi favqulodda va muxtor elçisi Tszyan Yan bilan uçraşdi.

Uçraşuv çoğida afğonlararo tinçlik jarayonini ilgari suriş bilan boğliq vaziyatning rivojlanişi, Afğoniston hududida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş istiqbollari hamda afğon kadrlarini tayyorlaşga yordam körsatiş borasidagi Özbekiston-Xitoy hamkorligining holati töğrisida fikr almaşildi.

Xitoy diplomatik vakolatxonasi rahbari Termiz şahridagi afğon fuqarolarini öqitiş ta'lim markazi negizida Afğoniston Islom Respublikasi qişloq xöjaligi mutaxassislarini tayyorlaş böyiça Özbekiston–Xitoy–Afğoniston uç tomonlama hamkorligini yölga qöyişdagi Toşkentning sa'y-harakatlari uçun minnatdorçilik bildirdi.

Mazkur sohadagi hamkorlik doirasini kengaytirişga tomonlarning tayyorligi bildirildi.

Afğoniston yönalişidagi Özbekiston – Xitoy hamkorligining konstruktiv ahamiyatiga e'tibor qaratilgan holda mazkur mamlakat böyiça ikki davlat maxsus vakillari örtasida fikr almaşişni muntazam davom ettirişga kelişib olindi.