O‘zbekiston | 18:42 / 14.08.2019
111896
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxi oshmoqda

Foto: KUN.UZ

15 avgustdan boshlab Toshkentda avtobus va metroda yo‘lkira narxi 1400 so‘mni tashkil etadi. Agar foizda hisoblansa, yo‘lkira haqi 16,7 foizga oshadi. Oylik yo‘lkira kartochkalarining narxi o‘zgarmaydi.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligi avtobus va metroda yo‘lkira haqini 16,7 foizga oshirish hamda uni har bir safar uchun 1400 so‘m miqdorida belgilash haqida taklif kiritgan. Bunda oylik yo‘l kartochkalari narxi hozirgi darajada saqlab qolish to‘g‘risidagi qarorga kelingan.

Ish haqining oshishi va yoqilg‘i hamda ehtiyot qismlariga narxlarning ko‘tarilishi, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyasini ta'minlash va shahar transportida yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ma'lumotlarning tahlili natijasida Moliya vazirligi taklif etilgan tariflarni tasdiqladi.
 
15 avgustgacha yo‘lkira haqi 1200 so‘mni tashkil etgan bo‘lib, ushbu tarif 2016 yil aprel oyida o‘rnatilgan, o‘shanda ham yo‘lkira narxi 200 so‘mga ko‘tarilgandi.

Mavzuga oid