Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm qo‘mitasi: Turistik mahallalar, qishloqlar va ovullar paydo bo‘ladi
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2019 yilning 1 noyabridan e'tiboran Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi eng yuqori turizm salohiyatga ega bo‘lgan fuqarolar yig‘inlari (shaharcha, qishloq, ovullar hamda shahar, shaharcha, qishloq va ovullarning mahallalari) ro‘yxatini shakllantira boshlaydi.
Qo‘mita matbuot xizmati xabariga ko‘ra, fuqarolar yig‘inlari hududlarida 20 tadan kam bo‘lmagan oilaviy mehmon uylari yaratilgan taqdirda va sayyohlar uchun kamida besh xil xizmat turi (yashash va/yoki ovqatlantirish xizmatlaridan tashqari) ko‘rsatilgan taqdirda, ularga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomi beriladi.
2020 yildan boshlab “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomining berilgan fuqarolar yig‘ini “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlariga kiritiladi.
Bundan oldin, O‘zbekistonda sayyohlar uchun Wi-Fi tezligi yaxshilanishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:25 / 14.07.2026
O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni ko‘payishi mumkin
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026