Jahon | 14:58 / 15.08.2019
8331
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukraina NATOga a'zo bo‘lishga da'vogarlik qilishi mumkin deb hisoblamoqda

Foto: Politeka

AQSh Ukraina NATOga a'zo bo‘lishga da'vogarlik qilishi mumkin deb hisoblaydi va Vashington bu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda AQShning Ukrainadagi ishonchli vakili Uilyam Teylor ma'lum qildi.

«Qo‘shma Shtatlarning men ham, Oq uy ham, mudofaa vazirligi ham qo‘llab-quvvatlaydigan siyosati mavjud: AQSh Ukraina NATOga a'zo bo‘lishga da'vogarlik qilishi mumkin deb hisoblaydi va biz Ukrainaning a'zolik to‘g‘risidagi arizasini quvonch bilan qarshi olamiz», - dedi u.

Uning aytishicha, «Ukraina hozircha bunga tayyorgarlik ko‘rar ekan», AQSh unga qurolli kuchlarini o‘zgartirish, isloh qilish va kuchaytirishga yordam beradi.

Mavzuga oid