Jahon | 12:56 / 18.08.2019
18075
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik bir daqiqada 120 ta shamni qulog‘i bilan o‘chirdi (video)

Xitoyning Tsyuanchjou shahrida yashovchi Chjan Sitszyan o‘zining noodatiy qobiliyati – qulog‘i bilan shamlarni o‘chira olishini namoyish qildi. 

U bu maqsadda stetoskopdan tayyorlangan maxsus qurilmadan foydalanadi. Chjan qurilmaning bir uchini quloqlariga tiqib, ikkinchi uchini shamlarga keltiradi. So‘ngra burnini qo‘li bilan yopib, og‘zidagi havoni quloqlari orqali tashqariga chiqaradi. Erkakning aytishicha, u buni qilishga imkon beradigan fiziologik xususiyat bilan tug‘ilgan.

Sitszyan namoyish vaqtida 59 soniyada 120 ta shamni o‘chira olgan. U o‘z rekordini yangilab, bir daqiqada 200 ta shamni o‘chirishni rejalashtirmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid