Jahon | 16:12 / 20.08.2019
2709
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Afg‘onistonga gumanitar yordam doirasida 125 mln dollar ajratadi

Foto: AP Photo / Rahmat Gul

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun qo‘shimcha 125 mln dollar ajratadi. Bu haqda AQShning Kobuldagi elchixonasi ma'lum qildi.

Ushbu mablag‘ "oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi, tez tibbiy yordam xizmati taqdim etish va tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ishlariga" yo‘naltiriladi.  

"AQSh barcha mamlakatlarni Afg‘onistonga ko‘rsatiladigan yordam miqdorini oshirishga chaqiradi", - deyiladi elchixona bayonotida.  

Gumanitar yordamni ko‘paytirish haqidagi qaror Afg‘oniston hukumat kuchlari va "Tolibon" harakati o‘rtasidagi to‘qnashuvlar kuchayishi ortidan qabul qilindi. 

1 avgust kuni "Tolibon"ning Dohadagi ofisi rasmiy vakili Muhammad Suhayl Shahin AQSh bilan kelishuv imzolanishiga umid qilayotganini bildirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid